• Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko'chasi, 23-uy

Yangiliklar

2023-10-20

282 474 000 so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Xorazm viloyati Xazorasp tumani "Oshar qishlog'i" "Istiqlol" mahallasida yashovchi iste'molchi M.Y. tomonidan Urganch shahar jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro 2024-yil 28-mart kuni Urganch shahar "Xonqa" ko'chasida joylashgan "Aminmulla" avtosalonidan "Tracker 2" rusumidagi avtomashinani 282 474 000 so'mga xarid qilgan. Ammo nuqsoni borligi sababli, mas'ullardan avtomobilni yangisiga almashtirib berishni yoki pulini qaytarishni so'ragan.
Holat bo'yicha Urganch shahar jamiyati tomonidan o'rganish ishlari olib borildi va  salon xodimlariga O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunining tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, "Tracker 2" moshinasiga to'langan 282 474 000 so'm pul iste'molchiga qaytarib berildi.